Tayvanning Tinch okeani sohilida ilk marta Xitoy flotining harbiy kemasi kuzatildi
Baliq ovlash qayigʻi sifatida qayd etilgan “Minfudingyu” Xitoy flotining harbiylashtirilgan kemasi vazifasini ham bajaradi. Tayvan rasmiylariga koʻra, Xitoy oʻzining harbiy, harbiylashtirilgan va fuqarolik vositalaridan foydalanib, ehtimoliy dengiz qamaliga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Tayvanning Tinch okeani bo‘yidagi qirg‘og‘ida ilk bor Xitoy flotiga tegishli harbiy kema kuzatildi
Joriy yil avgustida Tayvanning Tinch okeani sohilida Xitoyning qirg‘oqni qo‘riqlashga ko‘maklashuvchi harbiy-dengiz floti qayig‘i yana ikkita kema bilan birga ko‘ringani ma’lum qilindi.
Hisobotda "Minfudingyu 07902" baliq ovlash qayig‘i sifatida qayd etilgan. Biroq u Xitoyning harbiylashtirilgan kemasi vazifasini ham bajaradi. Ushbu kema avgust oyi o‘rtalarida Xitoy qirg‘oqni qo‘riqlash katerlari va ilmiy-tadqiqot kemasi bilan birga harakatlanayotganda kuzatilgan.
Uchala kema "Xitoy kemalari ko‘p foydalanmaydigan hududda" faoliyat yuritgan va ular ustidan "kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilgan".
Nashr yozishicha, Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydigan Xitoy iyun oyidan beri muntazam patrul xizmati orqali orolning sharqiy qirg‘og‘ida faollikni kuchaytirmoqda. Tayvan Pekinning suverenitet da’volarini rad etgan.
Xitoy o‘zining harbiy, harbiylashtirilgan va fuqarolik vositalaridan foydalanib, ehtimoliy dengiz qamaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tayvan esa qamal yoki ziddiyat yuzaga kelganda aynan sharqiy qirg‘oqdagi hududni ittifoqchilarning ta’minot yo‘llari uchun o‘ta muhim deb hisoblaydi.
Xitoy "huquqni muhofaza qilish va ilmiy tadqiqotlarni niqob sifatida ishlatib, ziddiyatsiz ssenariy paytida – de-fakto yurisdiksiya illyuziyasini yaratish uchun o‘z harakatlari qamrovini kengaytirmoqda".
Shuningdek, vazirlik bunday harakatlar xalqaro tartibga putur yetkazishi va Tayvanning dengiz huquqlariga xavf tug‘dirishini aytib o‘tdi.
Xitoyning Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi va Mudofaa vazirligi esa izoh so‘rab yuborilgan so‘rovlarga javob bermagan.

