Iqtisodiyot

Tayvan aholisiga 313 dollardan pul tarqatiladi

Tayvan prezidenti Lay Ching-te orol hukumati aholiga 10 ming Tayvan dollari (taxminan 313 AQSH dollari) miqdorida pul tarqatishini e’lon qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus 20-avgustga rejalashtirilgan kelgusi yilgi byudjet muhokamasida ko‘rib chiqiladi.

Tayvan chip ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Sun’iy intellektning rivojlanishi ushbu chiplarga bo‘lgan talabni keskin oshirdi. Bloomberg xabariga ko‘ra, Tayvan iqtisodiyoti 2026-yilning ikkinchi choragida 12,6 foizga o‘sgan. Yil oxirigacha o‘sish ko‘rsatkichi 11,1 foizga yetishi kutilmoqda.

Bu so‘nggi 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ushbu o‘sish, asosan, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish sanoati hisobiga yuz bermoqda va u Tayvan iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini birdek qamrab olmagan.

“Hukumat faqat texnologiya sanoatiga e’tibor qaratib qolmaydi: ro‘zg‘or tebratayotgan har bir oila haqida ham g‘amxo‘rlik qiladi”, deya Lay Ching-te so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bloomberg.

2025-yilda orol iqtisodiyoti 8,8 foizga o‘sganda ham Tayvan rasmiylari aholiga 10 ming Tayvan dollaridan tarqatgan edi. Tayvan aholisi taxminan 23 million kishini tashkil etadi. Bir martalik to‘lovni necha kishi olishi hozircha noma’lum.

Avvalroq Tayvan 2027-yilda mudofaa xarajatlarini 16 foizga oshirishi haqida xabar berilgandi. Natijada mamlakatning mudofaa byudjeti ilk bor 1 trillion Tayvan dollaridan (31 milliard AQSH dollaridan) oshishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.