Tashkent viloyatida ikki nafar xorijlik 2,2 kg opiyni sotmoqchi boʻldi
Oʻzbekistonga qoʻshni davlatning ikki fuqarosi 2 kg dan ortiq opiyni sotmoqchi boʻldi. Ular jinoyat ustida qoʻlga olindi. Noqonuniy mahsulot mamlakatga aylanma yoʻllar bilan olib kirilgan.

Toshkent viloyatida qoʻshni davlatning ikki nafar fuqarosi 2,18 kg opiyni sotishga uringan vaqtida ushlandi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati.
Idora maʼlumotlariga koʻra, 54 va 50 yoshli erkaklar giyohvandlik vositasini mamlakatga aylanma yoʻllar orqali noqonuniy olib kirishgan.
Gumonlanuvchilar moddani shartli xaridorga 20 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushlanganlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Oʻzbekiston bojxonachilari Afgʻonistondan 52,5 kg dan ortiq giyohvandlik moddalari olib kirilishining oldini olishgan edi.

