Iqtisodiyot

“Tashabbusli byudjet” boʻyicha namunali va qoniqarsiz hududlar maʼlum boʻldi

Odamlar mahalliy byudjet masalalariga befarq qaramasligi, oʻz navbatida joylardagi rasmiylar ham “Tashabbusli byudjet”dagi majburiyatlarini bajarishini aks ettiruvchi reytingda Buxoro viloyati 1-oʻrin, Namangan viloyati 2-oʻrinni oldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 13-oʻrinni band etgan boʻlsa, Andijon viloyati eng pastki oʻrin bilan reytingni yakunlab berdi.

“Tashabbusli byudjet” bo‘yicha namunali va qoniqarsiz hududlar aniqlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududlar kesimida “Tashabbusli byudjet”dagi faollik va samaradorlikni ko‘rsatuvchi reytingni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati maksimal 100 balldan 86,6 ball to‘plab, tashabbusli byudjetlashtirish bo‘yicha eng namunali hududga aylangan. Ikkinchi o‘rindagi Namangan viloyati 83,6 ball olgan.

Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham 77 ball bilan yuqori o‘rinlarni egallagan.

So‘nggi o‘rindagi Andijon viloyatining natijasi boshqa hududlarnikidan keskin farq qiladi: 55,3 ball. Viloyatdagi 16 ta tuman (shahar)dan faqat bittasi “yashil” toifaga, 6 tasi “sariq”, 9 tasi esa “qizil” toifaga kirgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari ham umumiy “sariq” toifaga tushgan.

Reyting 2026-yil 3-chorak bo‘yicha, 5 ta mezon asosida tuzilgan bo‘lib, har bir mezon bo‘yicha hududlarga maksimal 20 ball berilgan:

aholi tomonidan taklif etilgan loyihalarni saralash bosqichining tashkil etilishi;

aholining “Tashabbusli byudjet” jarayonlariga jalb etilishi;

hududiy jamg‘armalarni shakllantirish bo‘yicha talablarning bajarilishi;

jamoatchilik nazorati (loyihalarga tashabbuskorlar tomonidan portalda baho berilishi);

g‘olib chiqqan loyihalarning ijrosi.

So‘nggi mezon — g‘olib loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha Jizzax (20 balldan 16 ball), Xorazm (15,5 ball) va Surxondaryo (15,3 ball) viloyatlari eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Sirdaryo (11,7 ball), Navoiy (12,4 ball), Andijon va Samarqand viloyatlari (12,9 balldan) esa loyihalar ijrosi bo‘yicha past natija qayd etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.