Mahalliy

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi

'Tashabbusli budjet'ning 2026-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Ovoz berish 31-avgustgacha davom etadi. G‘oliblar 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

O‘zbekistonda "Tashabbusli budjet"ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Ovoz berish 31-avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. G‘olib loyihalar 1-sentabr – Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

2026-yilgi mavsumdan boshlab, qurilish-ta’mirlash loyihalari uchun maksimal qiymat 1 648 mln so‘m (BHMning 4000 baravari), jihozlash loyihalari uchun esa 824 mln so‘m (BHMning 2000 baravari) etib belgilandi.

Istisno tariqasida, mahallalari soni 15 va undan kam bo‘lgan tuman (shahar)larda tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi. Fuqarolarga loyihalarni sherikchilik asosida moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘z okruglaridagi g‘olib bo‘lmagan bittadan loyihani qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish huquqi beriladi.

2025-yil dekabr oyida Senat kengashi qarori bilan "Tashabbusli budjet" tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Endi loyihalar keyingi bosqichlarga o‘tishi uchun kamida 50 ta ovoz to‘plashi shart. Jihozlash loyihalarining qiymati cheklandi, qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash va sherikchilik asosida moliyalashtirish tartibi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilda ushbu dasturga 6 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan. Shundan 496 mlrd so‘m deputatlik tashabbuslari amaliyotini joriy etishga, 506 mlrd so‘m esa aholi va davlat o‘rtasidagi "qo‘shma moliyalashtirish" shaklidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Prezident qarori bilan 2026-yildan boshlab g‘olib bo‘lmagan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) deputatlar tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti joriy etildi. G‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga salkam 3,3 mlrd so‘m ajratiladi.

Xuddi shu hujjat bilan 1-fevraldan "Tashabbusli budjet"da ayrim loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etildi. Bunda aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy moliyalashtirilganda, loyihalar g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.