Boshqa

Tarixi öçirilgan xalq - ular keçagilarning xatolarini takrorlaşdi | 5 daqiqa

Baʼzi oilalarda farzandlar ota-onasining xatolarini takrorlamaslikka harakat qilişadi. Ammo yillar ötib, özlari ham öşa xatolarni qilayotganini sezmay qolişadi. Gabriel Garsia Markesning «Yolğizlikning yuz yili» romanida bu holat bir oila taqdiri misolida sodir böladi. Avlodlar almaşadi, zamon özgaradi, ammo keçagi xatolar oçiq qolgan eşiklardan kirib kelaveradi.

Tarixi o‘chirilgan xalq - ular kechagilarning xatolarini takrorlashdi | 5 daqiqa

Markesning ushbu romani 1967-yilda chop etilgan bo‘lib, hozirgi kungacha dunyo kitobxonlarini hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Voqealar Makondo qishlog‘ida kechadi. U yerda g‘ayritabiiy hodisalar tabiiydek qabul qilinadi: o‘liklar tiriladi, odamlar osmonga ko‘tariladi, bir necha yillab yomg‘ir yog‘adi. Markes mo‘jizalarni shunday xotirjam tasvirlaydiki, uning haqiqatlariga e’tiroz bildira olmaysiz.

Hammasi Xose Arkadio Buendia va uning rafiqasi Ursuladan boshlanadi. Ular qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘iladigan farzand cho‘chqa dumi bilan dunyoga kelishi mumkinligidan qo‘rqishadi. Bu qo‘rquv yillar davomida oila taqdiriga soya solib keladi.

Qishloq dastlab tashqi dunyodan uzilgan, sodda va tinch joy edi. Keyinchalik bu yerga yangi odamlar, yangi g‘oyalar va yangi muammolar kirib keladi. Makondo kattalashadi, aholisi ko‘payadi, siyosiy kurashlar boshlanadi.

Buendialar oilasida esa avlodlar almashsa-da, bir g‘alati holat takrorlanaveradi. Xose Arkadio, Aureliano kabi ismlar keyingi avlodlarga ham qo‘yiladi. Ismlar bilan birga fe’l-atvor, ichki ziddiyatlar va xatolar ham qaytib kelaveradi. Kimdir janglarda qatnashadi, kimdir o‘zini ilmga bag‘ishlaydi, yana kimdir muhabbat iztiroblariga beriladi. Biroq ularning ko‘pchiligi o‘z ichki dunyosiga qamalib, yaqinlarini tushunishdan tobora uzoqlashadi.

Romanning yuragi ham aslida shu: insonning yolg‘izligi atrofida hech kim yo‘qligiga qarab belgilanmaydi. Ba’zilarining yonida butun boshli oila bo‘lsa-da, o‘z dardini hech kimga ayta olmaydi. Ba’zan inson minglab odamlar orasida yashaydi, lekin o‘zini hech kim tushunmayotgandek his qiladi.

Masalan, polkovnik Aureliano Buendiani olaylik. U urushlarda qatnashadi, siyosiy kurashlarning markazida bo‘ladi, katta shuhrat qozonadi. Bir qarashda, bunday odamning hayotida yolg‘izlikka o‘rin yo‘qdek. Ammo yillar o‘tishi bilan u odamlardan ham, o‘z his-tuyg‘ularidan ham uzoqlashadi. Uning hayotidagi g‘alabalar qalbidagi bo‘shliqni to‘ldira olmaydi.

Makondoga banan kompaniyasi kirib keladi. U bilan birga iqtisodiy o‘zgarishlar, yangi imkoniyatlar va og‘ir ijtimoiy ziddiyatlar ham paydo bo‘ladi. Ishchilarning noroziligi qonli fojia bilan tugaydi. Eng dahshatlisi, hukumat tomonidan sodir etilgan qotilliklar inkor qilinadi, go‘yo hech narsa yuz bermagandek hayot davom etaveradi.

Shu yerda roman oiladan tashqariga chiqib, butun bir jamiyat haqidagi tasavvurlarni paydo qiladi. Odamlarning xotirasi madaniy uslubda tozalanadi, xalq jinoyatlarga ko‘z yumishga o‘rgatiladi. Natijada eski fojialar takrorlanaveradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.