Dunyo

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinişini kutgan – oğir jarohatlari tufayli öz oyoqlarini kesib taşlaşiga töğri kelgan.

Tarixda ilk marta yarador askar dron yordamida evakuatsiya qilindi

Ukraina qurolli kuchlari tarixda ilk bor front chizig‘idagi yarador harbiy xizmatchisini dron yordamida muvaffaqiyatli evakuatsiya qildi.

Konstantin Vlasenko 2025-yil may oyida Xarkiv oblasti Kupyansk yo‘nalishida xizmat qilgan. U va Baski laqabli sherigi front chizig‘idagi xandaqda pozitsiyani ushlab turgan. Ularga oziq-ovqat va o‘q-dori dron orqali yetkazib berilgan.

2025-yil kuzida ularni rotatsiya qilish vaqti keladi, ammo ularning o‘rnini egallash uchun yo‘l olgan ikki jangchi pozitsiyaga yetib bormasdan halok bo‘ladi. Shundan keyin jasadlarni olib kelish uchun yuborilgan yana ikki jangchi ham halok bo‘ladi. Vlasenkoning hikoya qilishicha, o‘shanda u «bu yerdan tirik chiqib bo‘lmaydi» deb o‘ylay boshlagan.

Fevral oyi o‘rtalarida, okopda o‘tgan 10 oydan keyin Vlasenko va Baski pozitsiyasini tashlab chiqishga to‘g‘ri keladi, chunki okopni suv bosadi va ular vayron bo‘lgan maktab binosiga ko‘chib kirishadi. Ammo ular dron orqali tashlangan yegulik va kiyimlarni olish uchun tashqariga chiqqanida ularni Rossiya razvedka droni payqab qoladi. Shundan keyin bu yerga boshqa bir dron uchib kelib, ularning pozitsiyasiga zarba beradi, o‘sha kuni 50 yoshga to‘lgan Baski halok bo‘ladi.

Portlash vaqtida Vlasenkoning chap oyog‘ining kaft qismi majaqlanib ketadi, o‘ng oyog‘i esa sinib, teskari bo‘lib qolgandi. U o‘zi uchun pana joy topib, u yergacha sudralib borishga muvaffaq bo‘ladi – bu maktabni isitish uchun mo‘ljallangan metall kotyol ostidagi taxminan 80 ga 60 santimetr o‘lchamdagi chuqurcha edi.

Vlasenkoning hikoya qilishicha, uning chap oyog‘i asta-sekin «chiriy boshlaydi», o‘ng oyog‘ining boldir qismida esa suyagi tashqariga chiqib qolgandi – va u ikkala oyog‘ini ham kesib tashlashga qaror qiladi. «Men ularni amputatsiya qilishga majbur bo‘ldim, chunki baribir shunchaki sudralib yurardim. Suyak borgan sari bo‘rtib chiqayotgandi», – degan u.

Dushman dronlari tufayli uni zirhli texnikada olib ketib bo‘lmasdi, shuning uchun, avvaliga uni quruqlikda harakatlanuvchi robotlashtirilgan platforma orqali evakuatsiya qilmoqchi bo‘lishadi – ammo Rossiya dronlari bunday qurilmalardan ikkitasini Vlasenkoning oldiga yetib bormasidan yo‘q qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.