Siyosat

Tanzila Norboyeva va Rustam Imomali parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildi

Tojikiston parlamenti yuqori palatasi raisi Rustam Imomali boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uçraşuv ötkazilib, ikki mamlakat parlamentlari hamkorligini rivojlantiriş böyiça yangi «yöl xaritasi» imzolandi.

Tanzila Norboyeva va Rustam Imomali parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Tojikiston Majlisi Oliy Majlisi Milliy raisi Rustam Imomali boshchiligidagi delegatsiya 4-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv o‘tkazilib, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrifning ilk qismida delegatsiya a’zolari «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Shuningdek, «Yangi Toshkent shahrini barpo etish» direksiyasi faoliyati bilan tanishdi. Yangi O‘zbekiston universiteti hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif chog‘ida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan, shuningdek, boy tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash va dunyoga tanitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, Tanzila Norboyeva va Rustam Imomali boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transport va chegaraoldi infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, ta’lim va innovatsiya sohalari hamda madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish muhimligini ham ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Oliy Majlis Senati va Tojikiston Majlisi Oliy Majlisi Milliy o‘rtasida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi. Ushbu hujjat parlamentlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlab, qardosh mamlakatlar strategik sherikligini yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.