Siyosat

Tanzila Norboyeva Sadir Japarov bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) Kengashining XV yalpi majlisida ishtirok etdi. Yigʻilishda sunʼiy intellekt va texnologik taraqqiyot sharoitida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tanzila Norboyeva Sadir Japarov bilan uchrashdi

Yalpi majlisda nutq soʻzlagan Tanzila Norboyeva sunʼiy intellekt taʼlim, tibbiyot, iqtisodiyot va davlat xizmatlari sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochishini taʼkidladi. Shu bilan birga, u yangi texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda inson huquqlarini himoya qilish, shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash va sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalanishning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida maʼlumot berildi. Majlisda parlamentlar oʻrtasida qonunchilik tajribasini almashish, sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha umumiy tavsiyalar ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalarni parlament faoliyatiga joriy etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Tadbir doirasida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov TurkPAga aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Tanzila Norboyeva Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov oʻrtasidagi siyosiy muloqot va oʻzaro ishonch ikki davlatning strategik sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirishga zamin yaratayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda TurkPAning turkiy davlatlar oʻrtasidagi parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, raqamli va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi oʻrni muhokama qilindi.

Shuningdek, Tanzila Norboyeva Qirgʻiziston Joʻqorgʻi Kengeshi raisi Marlen Abdraxmanov bilan uchrashdi. Muloqotda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish hamda erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.