Siyosat

Tanzila Norboyeva Markaziy Osiyo parlamentlari hamkorligini kengaytiriş böyiça takliflarni ilgari surdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlarining IV parlamentlararo forumida iştirok etdi.

Tanzila Norboyeva Markaziy Osiyo parlamentlari hamkorligini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirdi

«Tinçlik, xavfsizlik va Markaziy Osiyo farovonligi yo‘lida birdamlik» mavzusidagi forumda Tanzila Norboyeva mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga to‘xtaldi.

Shuningdek, suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish, parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Mintaqa davlatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlamentlarning o‘rni alohida qayd etildi. Umumiy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirish, qonunchilik tajribasini almashish va parlament nazoratini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va mintaqa uchun umumiy ahamiyatga ega masalalarni parlamentlar darajasida birgalikda muhokama qilish taklif etildi.

Forum yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.