Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak – Turdimov
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik

Ta’limdagi har qanday o‘zgarish yoshlar hayotida yaqqol sezilishi lozim – Turdimov
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda sifatli ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularning ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Har bir bola bog‘chada tarbiya olishi, maktabda puxta bilim egallashi, talaba esa o‘z bilimi va kasbi orqali hayotda munosib o‘rin topishi kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini oshirish, uning mehnatini munosib qadrlash, kasbiy rivojlanishi hamda ta’lim jarayoniga to‘liq e’tibor qaratishi uchun sharoit yaratish muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Erkinjon Turdimov muammolarni aniqlashning o‘zi yetarli emasligini, ularning har biri bo‘yicha aniq va amaliy yechimlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Vazirlik xodimlariga o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladigan takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.

