Mahalliy

Talabalar “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatishga majburlanayotgani aytilmoqda

Ta’lim va ilm-fan vazirligi bu masalani nazoratga oldi. Ishchi guruh holatni o‘rganish ishlarini boshladi.

Talabalar “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatishga majburlanayotgani aytilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Talabalarning aytishicha, ular 3-noyabr kuni universitet eshigi oldida ushlab qolinib, ushbu ilovani majburan o‘rnatishgan. Shu sabab darsga kech qolgan talabalarga “nb” qo‘yilgan. Dars jarayonida dekan, dekan muovini va tyutorlar kirib, ilovani o‘rnatmagan talabalarni turg‘izib, o‘rnatishni rad etsa, dakki bergan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari esa bir necha haftadan buyon qandaydir APK ilovasini o‘rnatishga majburlanayotganini bildirgan. Toshkent davlat yuridik universitetida ham talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatish so‘ralayotgani aytilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi holatga munosabat bildirib, mazkur masala nazoratga olinganini ma’lum qildi. Vazirlik rahbariyati holatni tezkor o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ayni paytda ishchi guruh o‘rganish ishlarini boshladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.