Talabalar uchun o‘quv yili qachon boshlanishi aniq bo‘ldi
OTMlarda 1-bosqich talabalari 7 sentyabrdan darsga chiqsa, qolgan kurslarda jarayon bir haftadan keyin boshlanadi.

Talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlanish sanalari ma’lum qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va texnikumlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun darslar boshlanish vaqti belgilangan.
Unga ko‘ra:
* Akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan start oladi.
* Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
* Birinchi bosqich talabalari uchun darslar 7-sentyabrdan boshlanadi.
* Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari 14-sentyabrdan yo‘lga qo‘yiladi.

