Mahalliy

Talabaga maosh toʻlagan korxona xarajatining yarmini qaytarib oladi

2027-yil 1-yanvardan belgilangan toʻrt taʼlim sohasida dual shaklda oʻqiyotgan talabalarga korxonalar toʻlagan ish haqi xarajatlarining 50 foizi subsidiya orqali qoplanadi. Shuningdek, korxonalarga barqarorlik reytingida qoʻshimcha ballar va oʻquv jihozlari uchun bojxona yengilligi beriladi.

Talabaga maosh toʻlagan korxona xarajatining yarmini qaytarib oladi

Dual taʼlimda kadrlar tayyorlashga oid farmonda korxonalarning ushbu jarayonda faol qatnashishini qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha choralar belgilangan.

Unga muvofiq, korxonalar har bir talabaga toʻlagan ish haqi xarajatlarining yarmi oʻquv yili yakunida subsidiya tarzida qoplab beriladi.

Subsidiya qaysi sohalarga tegishli?

Mazkur tartib quyidagi taʼlim yoʻnalishlarida dual shaklda tahsil olayotgan talabalar uchun amal qiladi: muhandislik ishi; ishlab chiqarish va ishlov berish; arxitektura va qurilish; qishloq xoʻjaligi.

Subsidiya talabaga bevosita berilmaydi. U korxonaning talabaga ish haqi toʻlash uchun qilgan xarajatlarining 50 foizini qoplashga yoʻnaltiriladi.

Korxonalar reytingiga qoʻshimcha ball beriladi

Dual taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar soniga mutanosib ravishda korxonalarga «Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi» platformasida qoʻshimcha ballar beriladi.

Shu tariqa, korxonaning dual taʼlimdagi ishtiroki uning reytingini baholashda ham inobatga olinadi.

Amaliyot bazasi uchun jihozlarga boj — 1 foiz

Korxonalar oliy taʼlim muassasasi hududida dual taʼlim uchun amaliyot bazasini tashkil etish maqsadida olib keladigan jihozlar, uskunalar va laboratoriya jihozlariga bojxona boji stavkasi 1 foiz etib belgilanadi.

Ushbu stavka 2030-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Oʻquv uskunalariga tezlashtirilgan amortizatsiya qoʻllanadi

Korxonalarga dual taʼlim dasturidagi amaliy mashgʻulotlar uchun xarid qilingan oʻquv uskunalari va jihozlariga nisbatan uch yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qoʻllash huquqi ham beriladi.

Belgilangan choralar korxonalarning talabalarga ish haqi toʻlash va amaliy taʼlim uchun moddiy baza yaratish xarajatlarini yengillashtirishga qaratilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.