Sport

Tailandda musoboqaga tayyorlanayotgan 18 yoshli golfchi qiz vafot etdi

Tailandda musobaqaga hozirlik ko‘rayotgan 18 yoshli avstraliyalik golfchi Jessika Bang miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Avstraliya ayollar professional golf assotsiatsiyasi (WPGA Tour of Australasia) matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bang 1-avgust kuni Tailand poytaxti Bangkokda musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda to‘satdan hushini yo‘qotgan. U zudlik bilan shifoxonaga yetkazilib, miya jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan. Biroq shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, golfchi tuzalib keta olmagan va 13-avgust kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Avstraliya ayollar professional golf assotsiatsiyasi Bangni "g‘ayrioddiy yosh iste’dod" deb ta’riflab, uning vafoti Avstraliya golf hamjamiyati uchun katta yo‘qotish ekanligini ta’kidladi. Tashkilot marhum sportchining oilasi, do‘stlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Qayd etilishicha, Jessika Bang Bangkokda Janubiy Koreya ayollar professional golf turining xalqaro saralash turnirida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. U 2025-yil oxirida professional golfchi maqomiga ega bo‘lganidan so‘ng qisqa vaqt ichida Avstraliya golfidagi eng istiqbolli yosh sportchilardan biriga aylangan edi.

U 2026-yil boshida professional faoliyatidagi beshinchi turnirida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan. U Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida oʻtkaziladigan ayollar oʻrtasidagi professional golf turnirining mintaqaviy saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.