Sport

Taekvondochi Jasurbek Jaysunov Osiyo Olimpiya kengashi Sportchilar komissiyasiga nomzod qilib koʻrsatildi

Oʻzbekiston terma jamoasi taekvondochisi Jasurbek Jaysunov Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Sportchilar komissiyasiga nomzod sifatida koʻrsatildi. Saylovda sportchi Markaziy Osiyo mintaqasi vakili boʻladi. Ovoz berish jarayoni Yaponiyadagi Aichi–Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlari doirasida 20 sentyabrdan 2 oktyabrgacha boʻlib oʻtadi. Jaysunov Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari sovrindori hisoblanadi va taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Bundan tashqari […]

Taekvondochi Jasurbek Jaysunov Osiyo Olimpiya kengashi Sportchilar komissiyasiga nomzod sifatida koʻrsatildi

Oʻzbekiston terma jamoasi taekvondochisi Jasurbek Jaysunov Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Sportchilar komissiyasiga nomzod boʻldi.

Saylovda sportchi Markaziy Osiyo mintaqasidan vakillik qiladi. Ovoz berish jarayoni Yaponiyadagi Aichi–Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlari doirasida 20 sentyabrdan 2 oktyabrgacha boʻlib oʻtadi.

Jaysunov — Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari sovrindori va taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Oʻzbekiston vakilidan tashqari, OOK Sportchilar komissiyasidan joy olish uchun qozogʻistonlik qoyaga chiquvchi Amir Maymuratov va eronlik taekvondochi, Parij-2024 olimpiya chempioni Arian Salimi ham daʼvogarlik qilmoqda.

Saylovda bevosita 2026 yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadigan sportchilar ovoz berish huquqiga ega boʻladilar.

OOK Sportchilar komissiyasi atletlar manfaatlarini himoya qiladi hamda Osiyoda sportni rivojlantirish va musobaqalarni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar muhokamasida ishtirok etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.