Mahalliy

Tadbirkorlar diqqatiga: 77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Mazkur tanlovlar orqali chiqindilarni saralash xizmatini yo‘lga qo‘yish, ikkilamchi xomashyodan samarali foydalanish va qayta ishlashga

Tadbirkorlar e’tiboriga: 77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlovlar e’lon qilindi

Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan chiqindilarni saralash xizmatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 77 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni davlat xaridlarining elektron platformasiga tanlov sifatida joylashtirilgan.

Hududlar bo‘yicha lotlar quyidagicha taqsimlangan:

Buxoro viloyati – 8 ta;

Jizzax viloyati – 11 ta;

Qashqadaryo viloyati – 4 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 ta;

Navoiy viloyati – 7 ta;

Namangan viloyati – 6 ta;

Samarqand viloyati – 2 ta;

Surxondaryo viloyati – 6 ta;

Sirdaryo viloyati – 2 ta;

Farg‘ona viloyati – 6 ta;

Xorazm viloyati – 9 ta;

Andijon viloyati – 8 ta;

Toshkent viloyati – 6 ta.

Mazkur tanlovlar orqali chiqindilarni saralash xizmatini yo‘lga qo‘yish, ikkilamchi xomashyodan samarali foydalanish hamda qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son hamda 2025-yil 24-martdagi 56-son farmonlarida chiqindilarni saralash va qayta ishlash jarayonlariga xorijiy hamda mahalliy investorlarni jalb etish, shuningdek, chiqindilarni saralash faoliyatini amalga oshiruvchi investorlarni belgilangan tartibda tanlab olish vazifalari belgilangan.

Shunga muvofiq, agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasining tegishli buyrug‘i bilan hududiy boshqarmalarga chiqindi poligonlarida chiqindilarni saralash ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan va ular jadal amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu chora-tadbirlar mamlakatimizda poligonlarda saralash tizimini joriy etish orqali chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.