Tölovlarda yangi qulaylik, IMAN Invest mojarosi va oyliklar statistikasi - hafta dayjesti

Tölovlarda yangi yengillik, IMAN Invest mojarosi va oyliklar statistikasi — hafta dayjesti
Apple Pay va Google Pay nihoyat ishlay boshladi: bu nafaqat terminaldagi, balki internetdagi to‘lovlarni ham osonlashtiradi. O‘rtacha oylik 7 mln, o‘rtadagisi 4 mln so‘m: maoshlar medianasi ilk bor ochiqlandi. IMAN Invest mojarosi va qonunchilikdagi bo‘shliq: investorning himoyasi kimningdir vijdoniga bog‘liq bo‘lib qolmasligi kerak. Importga cheklov, shakar zavodlariga esa imtiyozlar guldastasi: hukumatning yashirin qarori iste’molchiga qimmatga tushadi.
Tölov qilish yanada osonroq
Butun dunyoda allaqachon standartga aylangan to‘lov usuli — smartfon yoki qo‘l soatni terminalga yaqinlashtirib to‘lov qilish — nihoyat O‘zbekistonda ham ommalashyapti. 27-oktabrdan boshlab Google Pay va Apple Pay xizmatlariga O‘zbekiston kartalarini ham ulash imkoniyati ochildi va shu kunning o‘zida ko‘plab vatandoshlar umrida ilk marta bu qulaylikdan foydalanib ko‘rdi. Ma’lumot uchun, bu xizmatdan foydalanishda smartfon yoki aqlli soat internetga ulangan bo‘lishi talab etilmaydi.
Aslida, smartfondagi NFC funksiyasi yordamida to‘lov qilish imkoniyati O‘zbekistonda bir necha yil avval paydo bo‘lgan. Rivojlangan davlatlarda chiqarilgan bank kartalari egalari uchun O‘zbekistonda Google Pay va Apple Pay’dan foydalanish imkoniyati 2019-yildayoq paydo bo‘lgan, ya’ni o‘zimizga endi nasib qilgan qulaylik yurtimizga keluvchi chet ellik sayyohlar uchun yangilik emas. Shu bilan birga, keyingi yillarda Uzcard va Humo kartalaridan Android smartfonlardagi NFC orqali to‘lov qilish ham yo‘lga qo‘yilgan, ammo iPhone egalari bu imkoniyatdan bebahra qolayotgandi.
2026-yil mart oyida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun o‘zgartirilgach, Google va Apple hamyonlariga O‘zbekiston kartalarini ulashdagi asosiy to‘siq olib tashlandi. Shundan keyingi texnik tayyorgarlik 8-9 ta bankda yakunlanib, ular chiqargan Visa va Mastercard kartalarini 27-oktabrdan boshlab Google Pay va Apple Pay’ga ulash mumkin bo‘ldi. Bosqichma-bosqich boshqa banklar ham, mahalliy…

