Dunyo

“Suvaraklar” hukumatga qarshi. Hindiston “rangli inqilob” yoqasidami?

Hindistonda yana norozilik namoyishlari toʻlqini avj oldi. Ushbu namoyishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi esa «Suvaraklar xalq partiyasi» (CJP) boʻlib turibdi. Joriy yil yozida taʼlim vazirini isteʼfoga chiqarishga erishgan «suvaraklar» endi saylov komissiyasi rahbarining isteʼfosini talab qilishmoqda.

“Suvaraklar” hukumatga qarshi. Hindiston “rangli inqilob” yoqasidami?

Oʻtgan hafta oxiridan beri Nyu-Dehlida davom etayotgan «Suvaraklar xalq partiyasi» (CJP) yoshlar harakati namoyishlari keskin bosqichga chiqdi. Ushbu namoyishlarni toʻxtatish uchun Hindiston poytaxtiga 35 ming nafar politsiyachi jalb etilgan.

Yangi namoyishlar Indian Express gazetasida saylov komissiyasi rahbarining ikki oʻrinbosari saylovchilar roʻyxatidagi oʻzgarishlar, roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va raqamli tizimlar borasida bir qator xavotirlar bildirgani haqidagi xabar chop etilgach boshlandi.

Oʻtgan yildan beri amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar natijasida saylovchilar roʻyxatidan 130 milliondan ortiq ism olib tashlangan. Bu Yaponiya aholisi sonidan ham koʻp. Roʻyxatdan chiqarilganlar orasida 28 million nafar vafot etgan, 63 million nafar boshqa joyga koʻchib ketgan va 30 million nafar manzilini aniqlashning imkoni boʻlmagan shaxslar bor.

Muxolifat partiyalari bu oʻzgarishlar musulmonlar va boshqa ozchilik guruhlariga nomutanosib ravishda taʼsir qilayotganini daʼvo qilmoqda. Ularning fikricha, bu guruhlar hind millatchiligini qoʻllab-quvvatlovchi hukmron partiyaga ovoz berish ehtimoli kamroq.

Saylov komissiyasi va mamlakatda hukmron boʻlgan «Bharatiya Janata Parti» bu ayblovlarni rad etmoqda. Saylov komissiyasi va uning rahbari Gyanesh Kumarga qarshi kutilmaganda boshlangan hujum Narendra Modining 2024-yilgi saylovlardagi gʻalabasi qonuniyligini shubha ostiga qoʻyishga qaratilgani aytilmoqda. Shu fonda Hindiston hukmron partiyasi vakillari oktabr oyidagi namoyishlarda «xorijiy iz» borligi haqida gapira boshladi.

Soʻnggi umumxalq saylovlari natijalariga koʻra, «Bharatiya Janata Parti» parlamentdagi koʻpchilik oʻrnini saqlab qolgan, 2014-yildan buyon hokimiyat tepasida boʻlgan bosh vazir Narendra Modi esa yangi muddatga qayta saylangandi.

Saylov komissiyasi rahbariga qarshi kampaniyani bir necha oy avval taʼlim vaziri Dharmendra Pradhanni isteʼfoga chiqarishga erishgan «Suvaraklar xalq partiyasi» harakati boshlab berdi.

«Suvaraklar»ning talabini ilk bor «Hindiston milliy kongressi» partiyasi va uning yetakchisi Rahul Gandi boshchilik qiladigan INDIA muxolifat alyansi ochiqchasiga qoʻllab-quvvatladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.