«Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi rahbari tezkor tadbirda ushlandi
U fuqarodan 16 ming dollar talab qilib, pul olayotganda qo‘lga tushgan.

«Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi rahbari tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi
Qibray tumanida «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi rahbari ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi rahbari U.Yu. fuqaro J.B.ning «G‘oliblar» MFY hududidagi xonadoni tegishli tashkilotlarning ruxsatnomasi asosida qurilgan bo‘lsa-da, U.Yu. mazkur xonadonni oqib o‘tuvchi kanalga yaqin qurilgan deb sudga chora ko‘rishlik uchun yuborishini aytgan.
Keyin esa agar 16 000 AQSh dollari bersa, sudda barcha kamchiliklar bartaraf etilganligi haqida ko‘rsatma berishi va da’vodan voz kechishini bildirgan. Shundan 5 000 AQSh dollarini xizmat xonasida olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

