Suv xo‘jaligi nazorati inspektorlari tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanadi

Suv xo‘jaligi nazorati inspektorlari tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanadi
Yangi tartibga muvofiq, bodi-kamera xodim xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda amalga oshirayotgan harakatlarini audio va video ko‘rinishda qayd etadi. Qurilma ish vaqtining boshlanishidan yakunigacha yoqilgan holda bo‘lishi shart. Xodimga bodi-kamerani o‘chirib qo‘yish, yozuvlarni o‘chirish yoki audio-video materiallarni tahrirlash taqiqlanadi.
Qayd etilgan materiallar suvnazorat.uz elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi va saqlanadi. Ular olti oy davomida saqlanadi, muddat tugagach esa avtomatik tarzda o‘chiriladi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar so‘roviga binoan, tegishli yozuvlar Inspeksiya tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Qarorda, shuningdek, Inspeksiyaga 20 dona uchuvchisiz uchadigan apparatni xarid qilish, olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berilgani qayd etilgan.
2026-yil sentyabrdan Transport nazorati inspeksiyasining Toshkent shahri va viloyati hududiy bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan inspektorlar nazorat-reyd tadbirlarini bodi-kameralar yordamida o‘tkaza boshlagandi.
Mazkur amaliyotni inspeksiyaning boshqa hududiy bo‘limlariga ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda. Xususan, 2027-yilning birinchi yarim yilligida inspeksiya inspektorlarini bodi-kameralar bilan to‘liq ta’minlash ko‘zda tutilgan.

