Surxondaryoda uyida bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar ushlandi

Surxondaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1971 va 1996-yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro o‘z uyida besh nafar voyaga yetmagan bolaga moddiy manfaat evaziga, tegishli ruxsatlarsiz va amaldagi qonunchilikka zid ravishda diniy ta’lim berib kelgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida xonadondan 14 dona diniy adabiyot protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ushbu holat bo‘yicha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, noqonuniy diniy ta’lim olgan voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan ham amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Avvalroq Namangan viloyatida voyaga yetmagan bolalarga qonunga zid ravishda diniy ta’lim berib kelgan fuqaro ushlangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.