Surxondaryoda tuman sanitariya boʻlimi boshligʻi ushlandi
Shoʻrchi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi maktabgacha taʼlim tashkilotining 42 nafar xodimiga sanitariya sertifikati berish evaziga 2,1 mln soʻm olayotganda ushlangani xabar qilindi.

Surxondaryoda tuman sanitariya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sho‘rchi tumani bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Sho‘rchi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i E.E. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan biri rahbari S.X.ga muassasaning 42 nafar xodimi uchun sanitariya sertifikatlari olib berishni va’da qilgan.
Mansabdor ushbu xizmat evaziga 2,1 mln so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

