Mahalliy

Surxondaryoda ichki organida narkotik olib o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Surxondaryoda ichki organida narkotik modda olib o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi.

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 3 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Denov tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan, ilgari giyohvandlik vositalari savdosi bilan sudlangan shaxsning uyida o‘tkazilgan tintuvda sotish maqsadida saqlanayotgan 1 kilogramm 7 gramm opiy va 998 gramm gashish moddalari topilgan. Shuningdek, shu tumanda ilgari xuddi shunday jinoyat bilan sudlangan yana ikki fuqaro (1966 va 1986-yillarda tug‘ilgan) 491 gramm gashishni 85 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Yana bir holat viloyat markazida qayd etilgan. 2003-yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida 506 gramm opiy moddasini 2500 dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan yashirincha olib o‘tishda o‘z ichki organidan "jonli konteyner" sifatida foydalangan.

Hozirda har uchala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda narkodilerlar qo‘lga olinib, 1 kiloga yaqin giyohvandlik vositasi musodara qilingandi. Boshqa bir vaziyatda esa qurilish anjomlaridan qariyb 600 gramm sintetik narkotik topilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.