Dunyo

Suriyadagi qamoqxonaning sobiq boshligʻi qiynoqlar uchun 60 yilga qamaldi

Bashar Asad tuzumi davrida Adra qamoqxonasi direktori lavozimida ishlagan Samir Usmon Shayx mahbuslarni qiynoqqa solganlikda va oʻz oʻtmishini AQSH immigratsiya hukumatidan yashirganlikda aybdor deb topildi.

Suriyadagi qamoqxonaning sobiq boshligʻi qiynoqlar uchun 60 yilga qamaldi

Bashar Asad tuzumi davrida Suriya poytaxti Damashqdagi Adra markaziy qamoqxonasi direktori bo‘lib ishlagan brigada generali, 74 yoshli Samir Usmon Shayx mahbuslarni qiynoqqa solgani va o‘z o‘tmishini Amerika immigratsiya hukumatidan yashirgani uchun 60 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabarida aytiladi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2005–2008-yillarda qamoqxonaga rahbarlik qilgan Shayx siyosiy mahbuslarni qiynoqqa solish haqida buyruq bergan va bu ishlarda shaxsan ishtirok etgan. Mart oyida federal hakamlar hay’ati uni qiynoqqa solish maqsadida til biriktirish, uchta qiynoq holati hamda immigratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish va fuqarolikka ariza topshirishdagi firibgarlikda aybdor deb topdi.

Sudda uch nafar jabrlanuvchi mahbuslarni «uchar gilam» deb nomlanuvchi qiynoq moslamasiga bog‘lab, shiftga osishgani va kaltaklashgani, ba’zilarini esa «13-blok» deb ataladigan joyga yuborib, u yerda g‘ayriinsoniy qiynoqlarga solishgani haqida so‘zlab berdi.

Adliya vazirligining ta’kidlashicha, Shayx Asad tuzumining Suriyadan tashqarida sudlangan eng yuqori martabali sobiq vakiliga aylandi. U AQSH hududiga 2020-yilda kirib kelgan va 2024-yil iyul oyida ushlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.