Dunyo

Suriyada qurol omboridagi portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi (video)

Suriyada qurol omboridagi portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi (video)

Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida, Sarmada shahri yaqinida joylashgan qurol omborida 9-sentyabr kuni kuchli portlash sodir bo‘ldi. Natijada kamida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib Deutsche Welle xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash qurol-yarog‘ va urush qoldiqlarini vaqtincha saqlash joyida yuz bergan. Suriya Mudofaa vazirligi harbiy aslahalar boshqa joyga ko‘chirilishi kerak bo‘lganini ma’lum qildi. Yaradorlar orasida muassasa xodimlari ham bor.

Hududda portlovchi moddalar juda ko‘p bo‘lgani sababli ikkilamchi portlashlar va yong‘inlar yuzaga kelgan. Bu esa qutqaruvchilar ishini murakkablashtirdi. Portlash joyidan uzoq vaqt davomida qora tutun ko‘tarilib turgan. Idlib viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi qurbonlar soni bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni tasdiqladi. Hozircha rasmiylar portlashning aniq sababini oshkor qilmagan.

Bu sentyabr oyida Idlibda yuz bergan ikkinchi fojiadir. 1-sentyabr kuni Binnish shahrida o‘q-dorilar ortilgan mashina portlab ketgan edi. O‘shanda besh kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi yaralangandi. Shuningdek, iyul oyida mamlakatda ikkita avtobus to‘qnashib 35 kishi halok bo‘lgandi.

Suriya ko‘p yillik fuqarolar urushidan yaqindagina chiqdi. Yangi prezident Ahmad ash-Shara’a kuchlari Bashar Asadni hokimiyatdan ag‘darib, Damashqni nazoratga olgan edi. Idlib urush davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.