Dunyo

Suriya prezidenti AQSHning Nyu Jersi shtatini Isroilga berishni taklif qildi

Suriya prezidenti AQSHning Nyu Jersi shtatini Isroilga berishni taklif qildi

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a AQSH rahbari Donald Tramp bilan bosib olingan Golan tepaliklari masalasini muhokama qilayotganda Isroilga Nyu Jersi shtatini berishni taklif qilganini aytdi. Bu haqda Ash-Shara’a o‘zi Nyu Yorkda Atlantika kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Suriya yetakchisi nutqining boshida Trampning 2025-yilda mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilganini e’tirof etdi.

“U (Tramp — tahr.) bilan munosabatlarimiz mutlaqo o‘ziga xos shakllandi. Lekin bir kuni uning oldiga, Oq uyga kelganimda hazillashdim. U Golan tepaliklari Isroil suvereniteti ostida ekani haqida gapirganida, men: nega Nyu Jersini isroilliklarga bermaysiz? Golan tepaliklari sizga tegishli emas, ammo Nyu Jersi sizniki dedim. Bilishimcha, u yerda Trampga ovoz bermaydigan demokratlar ko‘p. Shunday ekan uni isroilliklarga bersa yomon bo‘lmasdi. Hech bo‘lmaganda, bu unga tegishli hudud, ammo Golan tepaliklari prezident Trampniki emas”, dedi Suriya prezidenti.

Ta’kidlanishicha, Tramp suhbat davomida Golan tepaliklari Suriyaniki ekanini tan olgan.

“Bunday hazildan qat’i nazar, Golan tepaliklari o‘zining xalqiga tegishli. Shuning uchun na Suriya prezidenti, na Amerika prezidenti, na boshqa kimdir ulardan voz kechishga yoki ularni boshqalarga berishga haqli”, deya xulosa qildi Ahmad ash-Shara’a.

1944-yildan beri Suriya tarkibida bo‘lgan Golan tepaliklari 1967-yilda Olti kunlik urush davomida Isroil tomonidan egallab olingan. 1981-yilda Isroil bu hududni bir tomonlama anneksiya qilgan. BMT Xavfsizlik kengashi 1981-yil 17-dekabrda qabul qilgan 497-rezolyutsiya bilan anneksiyani haqiqiy emas deb topgan.

2019-yilda Tramp prezidentlik lavozimidagi birinchi muddati davomida tegishli deklaratsiyani imzolab, Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olgan. Vashingtonning ushbu bir tomonlama qaroriga nafaqat Suriya, balki bir qator davlatlar ham qarshi chiqqan. O‘zbekiston BMT doirasida Suriyaning hududiy yaxlitligini yoqlab, Golan tepaliklari bo‘yicha Isroilni bu hududdan chiqib ketishga da’vat etuvchi rezolyutsiyalarni doimiy qo‘llab-quvvatlab keladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.