Sport

Superliga. “OKMK” o‘z uyida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

Superliga. “OKMK” o‘z maydonida “Xorazm” ustidan g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi. Unda Olmaliqning “OKMK” jamoasi Xorazmning “Xorazm” klubini qabul qildi.

Bellashuvning 14-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Siavash Haqnazari hisobni ochdi. Mehmonlar darvozabonining xatosidan unumli foydalangan eronlik futbolchi maydon markaziga yaqin masofadan aniq zarba yo‘llab, Ergashev qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va mezbonlar qiyin g‘alabaga erishdi — 1:0.

Bu muvaffaqiyatdan keyin “OKMK” 32 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Xorazm” esa 20 ochko bilan 12-pog‘onada qayd etilgan.

“OKMK” 21-turda o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladi. “Xorazm” esa “So‘g‘diyona” bilan bahs olib boradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.