Sport

Superliga. “Dinamo” mehmonda “OKMK”ni mag‘lub etdi

Superliga. "Dinamo" safarda "OKMK" ustidan g'alaba qozondi

O'zbekiston Superligasining 18-turida yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Olmaliqning "OKMK" jamoasi o'z uyida Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qildi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahs mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yindagi yagona va hal qiluvchi golni 50-daqiqada samarqandliklar hujumchisi Firdavs Abdurahmonov kiritdi va hisob 0:1 ko'rinishini oldi.

Uchrashuvning qolgan qismida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va "Dinamo" safardan muhim 3 ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari sonini 25 taga yetkazib olgan "Dinamo" turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarildi. "OKMK" esa 29 ochko bilan 5-pog'onani egallab turibdi. "OKMK" 19-tur doirasida safarda "Surxon" bilan kuch sinashadi. "Dinamo" esa Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston Superligasi, 18-tur

"OKMK" — "Dinamo" 0:1

Gollar: 0:1 — Abdurahmonov (50).

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.