Sudanda oltin koni qulashi oqibatida 82 kishi halok boʻldi

Sudanda oltin koni qulashi oqibatida 82 kishi halok boʻldi
Sudanning janubida oltin koni qulab tushishi natijasida kamida 82 kishi hayotdan koʻz yumdi, yana 52 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Gulf News.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, vayronalar ostida qancha odam qolib ketgani hozircha nomaʼlum.
Mamlakat aholisining katta qismi ishsiz ekani sababli ko‘plab yosh sudanliklar, asosan, Gʻarbiy Kordofandagi Al-Zaraa kabi tartibga solinmagan konlarda xavfli sharoitlarda oltin qazimoqda.
15-sentyabr kuni shaxta devorlari konchilar ustiga qulay boshlagan, ertasi kuni esa 82 kishining jasadi topilgan.

