Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq maʼmuriy ushlab turish Konstitutsiyaga zid deb topildi
Oʻzbekistonda sud qarorisiz shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda bunga zid boʻlgan 3 va 10 sutkalik muddatlarni Konstitutsiyaga nomuvofiq deb topdi.

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq maʼmuriy ushlab turish Konstitutsiyaga zid deb topildi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi 2026-yil 22-sentabrdagi qarori bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismining ayrim qoidalarini Konstitutsiyaning 27-moddasi uchinchi qismiga mos emas, deb topdi.
Mazkur ish Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) murojaati asosida koʻrib chiqildi. Murojaatda 2025–2026-yillarda fuqarolardan shaxsni 48 soatdan ortiq maʼmuriy tartibda ushlab turish yuzasidan 6 ta shikoyat kelib tushgani qayd etilgan.
«Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas»
Shu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega; hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Konstitutsiyaning 15-moddasiga binoan, Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 288-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, chegara tartibini yoki davlat chegarasi orqali oʻtish punktidagi tartibni buzgan shaxs bayonnoma tuzish uchun qisqa muddatga ushlab turilishi mumkin edi. Shu bilan birga, huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda shaxs ushlangan paytdan boshlab 24 soat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinib, 3 sutkagacha, shaxsni tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa esa prokuror sanksiyasi bilan 10 sutkagacha ushlab turilishi mumkinligi nazarda tutilgan edi.
Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni qayd etdi: kodeksdagi 3 va 10 sutkalik muddatlar Konstitutsiyadagi 48 soatlik chegaradan ortiq; 48 soatdan ortiq ushlab turish zarurati tugʻilganda sud qarorini olish mexanizmi nazarda tutilmagan;

