Mahalliy

Sud «Oʻzbekneftgaz»ning ekologik kompensatsiyasini 13 000 baravarga qisqartirdi

Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 8,8 mlrd soʻm undirishni talab qilgan edi, biroq sud daʼvoning asosiy qismini rad etdi. Yakunda faqatgina 676 ming 133 soʻm undirilishi belgilandi.

Sud «Oʻzbekneftgaz»ning ekologik kompensatsiyasini 13 000 baravarga kamaytirdi

Sud nazorat organi tekshiruv predmeti doirasidan chiqib ketgan, talablarning asosiy qismi boʻyicha hisob-kitoblar esa yetarli dalillar bilan tasdiqlanmagan, degan xulosaga keldi. Bundan tashqari, qonun buzilishi bilan olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi inobatga olindi.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Ekopolitsiya korxonada atmosfera havosini muhofaza qilish talablari buzilganini, chang-gaz tozalash uskunalari va oqova suvlarni tozalash inshootlari ekologik normalarga muvofiq emasligini aniqlagan edi. Oʻshanda korxonaga bajarilishi majburiy boʻlgan 16 ta koʻrsatma berilgan va qoʻshimcha kompensatsiya toʻlovlari belgilangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.