Mahalliy

Soʻxda yangi oʻrnatilgan beton “stolba” agʻanab fuqaroni bir oyogʻidan ayirdi

Fargʻona viloyati Soʻx tumani Qizilqiyoq mahallasida yangi simyogʻoch oʻrnatilganidan bir kun oʻtib sinib ketdi. Beton 61 yoshli Mirzomamat Sohibnazarovning oyoq qismiga tushgan, oqibatda shifoxonaga olib borilgan bemorning oʻng oyogʻi kesib tashlangan. Bu Soʻx tumanida simyogʻochlarning qulashi bilan bogʻliq birinchi holat emas.

Soʻxda yangi oʻrnatilgan beton “stolba” agʻanab, fuqaroni bir oyogʻidan ayirdi

Rofidjon Avazmamatovning aytishicha, shu yil 4-sentabr kuni Soʻx tumani Qizilqiyoq mahallasidagi xonadoni darvozasi yoniga xususiy firma va “elektroset” xodimlari beton “stolba” oʻrnatishgan. 5-sentabr kuni stolba tagidan sinib ketib, otasining oyogʻini bosib qolgan.

“4-sentabr kuni Soʻx tumani Qizilqiyoq mahallasidagi xonadonimizning darvozasi yoniga xususiy firma va “elektroset” xodimlari beton “stolba” oʻrnatishdi. 5-sentabr kuni stolba tagidan sinib ketib, koʻchaga chiqqan otamning oyogʻini bosib qoldi.

Zudlik bilan otamni Soʻx tumani markaziy shifoxonasiga olib bordik. Bemorni Fargʻona shahriga olib borish kerakligini aytishdi. Shahar shifoxonasida otamning oʻng oyogʻini kesib tashlashdi. Sifatsiz yasalgan ustunni deb sogʻlom otam bir oyogʻidan ayrilib, nogiron boʻlib qoldi. Bir oyogʻidan ayrilgan otamni hozirgacha uyda davolatyapmiz. Voqea sodir boʻlganiga 3 oy boʻlyapti. Aybdor tashkilotlar otamning holidan biror marta xabar olmadi”, deydi jabrlanuvchining oʻgʻli.

Soʻx TETK rahbari Sherzod Rahimovga koʻra, sinib ketgan tayanch ustun xususiy korxona tomonidan ishlab chiqarilib oʻrnatilgan.

Kun.uz manbasiga koʻra, baxtsiz hodisaga sabab boʻlgan beton ustun “Solihaxon Saidaxon” xususiy korxonasi tomonidan Soʻx tumanida ishlab chiqarilgan boʻlib, mahallaga Davlatjon Bobomansurov rahbarligida “Soʻx trans dunyo jahon” qoʻshma korxonasi tomonidan oʻrnatilgan.

Holat tumanda sifatsiz ustunning qulashi bilan bogʻliq birinchisi emas. Sodir boʻlayotgan koʻngilsiz hodisalar beton qorishmasining sifatiga nisbatan savollar uygʻotadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.