Iqtisodiyot

Soʻmga nima boʻlyapti?

Dollar soʻmga nisbatan ketma-ket 9 ta savdo sessiyasida 2 foizdan koʻproqqa mustahkamlandi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev milliy valyuta kursi dinamikasidagi oʻzgarishlarni tahlil qildi. Uning qayd etishicha, soʻmning qadrsizlanishiga qarz toʻlovlari, real kursning oʻzgarishi va pul oʻtkazmalarining mavsumiy kamayishi kabi omillar taʼsir koʻrsatayotgan boʻlishi mumkin.

**Soʻmga nima boʻlyapti?**

Oxirgi 9 ta savdo sessiyasida soʻm dollarga nisbatan qadrsizlanib, 2 foizga oʻz qiymatini yoʻqotdi. Bundan tashqari, dollarning rasmiy kursi 31-iyuldan beri eng yuqori darajaga qaytdi. Yil boshidan buyon esa soʻm erishgan barcha mustahkamlanishlarini ham yoʻqotdi.

**Dollar global miqyosda mustahkamlanmoqda**

Oktabr oyida aksariyat valyutalar dollarga nisbatan qadrsizlanmoqda. Xususan, tanlab olingan 39 ta valyutaning 26 tasi dollarga nisbatan qadrsizlangan. Faqat 8 ta valyutada mustahkamlanish kuzatilgan. Yaʼni, global miqyosda ham ko‘pchilik valyutalar dollarga nisbatan qadrsizlanmoqda, soʻm ham ular safida. Dollarning mustahkamlanishi, o‘z navbatida, sentabr oyida AQSH Markaziy banki foiz stavkasini oshirgani hamda oktabr oyidagi yig‘ilishda ham oshirish bo‘yicha kutilmalar kuchaygani bilan izohlanadi. AQShda inflyatsiyaning tezlashayotgani esa foiz stavkasi oshirilishi ehtimolini yanada kuchaytirmoqda.

Soʻm kursidagi o‘zgarishga global dollarning mustahkamlanishidan tashqari boshqa omillar ham taʼsir qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Uchinchi chorak yakuni bilan hukumat yoki xususiy sektorlarning qarz to‘lovi bo‘yicha bir martalik talabi valyuta bozorida qisqa muddatli talabning oshishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

May oyidan real kurs mustahkamlanishni boshlagandi. Markaziy bank ishlab chiqaruvchilarning tashqi raqobatdoshligi yo‘qolishining oldini olish uchun (sterilizatsiya bo‘yicha) intervensiyalarni ortga surayotgan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kam oltin eksport qilindi. Bu esa Markaziy bankning valyuta orqali sterilizatsiya imkoniyatlari oldingi yilgidan kamroq ekanini ko‘rsatadi.

**Pul o‘tkazmalarining mavsumiy moʻtadillashishi**

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.