Mahalliy

So‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonga 160 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan davlat mukofotlarini topshirish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan davlat mukofotlarini topshirish marosimida so‘nggi o‘n yillikda mamlakatga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilinganini ma’lum qildi.

Davlat rahbari o‘tgan o‘n yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror va yuqori sur’atlarda o‘sganini ta’kidladi. Xalq bilan hamjihatlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisodiyot hajmi 2,5 barobardan ziyodga oshgan. Joriy yil yakunida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5,7 millionta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Transport va kommunal infratuzilmani yaxshilash maqsadida 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurilgan va ta’mirlangan.

Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berilgan, yana 11,5 million nafar aholining suv ta’minoti yaxshilangan. O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu kamida 2,5 million aholining "vatanli bo‘lishi"ga tengdir.

Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning kuch-qudrati nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarda, balki madaniyat, san’at, sport, davlat xizmati, mahalla va jamoat hayotida fidokorona mehnat qilayotgan insonlar faoliyatida ham namoyon bo‘layotganini qayd etdi. Nuroniylar, mahalla faollari, harbiylar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining jamiyat tinchligi va barqarorligiga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Prezident "Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi — bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir", deya ta’kidladi. Davlat rahbari fidoyi va bunyodkor vatandoshlarga, mustaqillikning asosiy kuchi va tayanchi bo‘lgan xalqqa minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida xalq bilan birgalikda izchil harakat davom ettirilishi ta’kidlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.