«SOCAR» kompaniyasi Oʻzbekistonda AYoQShlar tarmogʻini rivojlantiradi
«Oʻzbekneftgaz» va Ozorboyjon neft kompaniyasi (SOCAR) oʻrtasida Oʻzbekistonda avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik bitim imzolandi.

«SOCAR» Oʻzbekistonda yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini kengaytiradi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi IV hududlararo forumda imzolangan kelishuvga koʻra, tomonlar ushbu sohadagi hamkorlikning asosiy tamoyillarini belgilab oldilar.
Xususan, kelishuvda Oʻzbekistonda zamonaviy yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini rivojlantirish imkoniyatlarini birgalikda oʻrganish va baholash, istiqbolli joylashuv manzillari va obyektlarni aniqlash, shuningdek, loyihani amalga oshirishning maqbul biznes modellari va amaliy mexanizmlarini birgalikda koʻrib chiqish koʻzda tutilgan.
Ushbu hamkorlik «Oʻzbekneftgaz» AJ va «SOCAR» oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga hamda Oʻzbekistonning yoqilgʻi infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha yangi imkoniyatlarni ochishga xizmat qiladi.

