Sport

«Siti»da yana mağlubiyat, «Barsa»da yana tennisça hisob

«MU» «Çelsi» maydonida ozçilik bölib qoldi va yutqazdi – jamoa 9 öyindirki ğalaba qozona olmayapti; «Siti»ning qatorasiga ikkinçi öyindagi mağlubiyati «Arsenal»ga qöl kelişi mumkin – amaldagi çempionlar bugun – «Liverpul»ga qarşi öyinda yutqazmasa, birinçi öringa çiqib oladi. «Barsa» esa ketma-ket mağlubiyatlardan keyin «quturdi».

«Siti»da yana mag‘lubiyat, «Barsa»da yana tennischa hisob

«Chelsi» – «Manchester Yunayted» 2:0

Gollar:

Rodjers, 50 (1:0). Palmer, 64 – penalti (2:0)

«Chelsi»: Penders, Fofana, Kolvill, Palestra (Chavarria, 74), Achimpong, Kaysedo (Gyusto, 87), Lavia, Palmer (Kenda, 90), Rodjers, Estevao (Barko, 87), Pedru Netu (Uelbek, 87)

«Manchester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Martines, Dalot, Yoro, Santos (Heven, 66), Baleba (Maynu, 58), Brunu Fernandeş, Kunya (Maunt, 66), Diallo (Zirkze, 77), Mbemo

Ogohlantirishlar: Penders, 90 – Martines, 59. Maguayr, 65. Maynu, 70. Mbemo, 81. Zirkze, 86

Chetlatish: Martines, 63 (ikkinchi sariq)

«MU»ning mavsum boshidagi omadsizliklari davom etmoqda. Kerrik shogirdlari APLda faqat bir o‘yinda, chempionshipdan chiqqan «Ipsvich» ustidan g‘alabaga erishgan, jamoa ichki muhiti buzilgan.

O‘yinning birinchi bo‘limida «qizil iblislar» tengma-teng kurash olib borishdi, bir nechta xavfli vaziyatlarga ega bo‘lishdi, golga mezbonlardan ko‘ra yaqinroq bo‘lishdi. «Chelsi» himoyasi tez-tez xatolarga yo‘l qo‘ydi, 32-daqiqada Amad Diallo Fofananing xatosidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo Penders ishonchli harakat qildi.

Biroz o‘tib burchak zarbasidan keyin mehmonlar darvozani ishg‘ol etishdi va golni uzoq nishonlashdi. Ammo vaziyatga VAR aralashib, hujumda fol qayd etdi va Kunyaning goli bekor qilindi.

Bo‘lim oxirida Diallo yana bir bor Fofanani aldab o‘tib, yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo bu safar ham aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Rodjers maydon markazidan reyd uyushtirib, hech qanday qarshiliksiz raqib jarima maydoniga kirib bordi va hujumni o‘zi yakunladi.

Bu gol mehmonlar kayfiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va muxlislarga birinchi bo‘limdagi o‘yinini ko‘rsatib bera olmadi.

Ko‘p o‘tmay londonliklar burchak zarbasi ijro etganida jarima maydoni ichida Martines tirsagi bilan raqibga zarba berdi, videotakrordan keyin mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi, qoidabuzar esa maydondan chetlatildi. Palmer 11 metrdan aniq zarba yo‘llab, o‘yin taqdirini hal qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.