Sport

«Siti» yakkapeshqadamga aylandi, «Real» derbida yutqazdi. Kun oʻyinlari

Abduqodir Husanov tushmagan oʻyinda «Manchester Siti» «Sanderlend»ga 5 ta gol urdi, ammo 3 ta oʻtkazib yubordi. «Shaharliklar» bu gʻalabadan keyin xalqaro tanaffusga turnir jadvali peshqadami sifatida yoʻl oldi. Madrid derbisi esa hakamlik mojarosiga aylandi. Yakshanba oqshomida roʻy bergan asosiy voqealar, oʻyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

«Siti» yakkapeshqadamga aylandi, «Real» derbida yutqazdi. Kun oʻyinlari

Angliya: Holand geshtaltni yopdi, «MU» yana ochko yoʻqotdi

«Manchester Siti» – «Sanderlend» 5:3

Fernandes, 9 (1:0). Brobbi, 12 (1:1). Sherki, 29 (2:1). Brobbi, 33 (2:2). Semenyo, 43 (3:2). Semenyo, 57 (4:2). Brobbi, 59 (4:3). Holand, 81 (5:3)

«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Geyi, Gvardiol, Mateush Nunesh, Anderson, Fernandes, Sherki (OʼRayli, 85), Semenyo, Ndiay (Doku, 75), Holand

«Sanderlend»: Rufs, Danso, Ballard, Metali, Mukiyele, Sadiki (Izidor, 68), Jaka, Le Fe, Angulo (Fofana, 60), Mene (Hyum, 79), Brobbi

Ogohlantirish: Metali, 8

Enso Mareska APLda ketma-ket ikkinchi uchrashuvda Abduqodir Husanovni zaxirada qoldirdi (oʻzbekistonlik hujumchi hafta oʻrtasida Liga kubogida «Norvich»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgandi), u ishongan himoya chizigʻi esa uchta gol oʻtkazib yubordi.

Uchrashuv Enso Fernandesning «Manchester Siti»dagi ilk goli bilan boshlandi. Argentinalik yarimhimoyachi oʻrnida koʻpchilik futbolchilar jarima zarbasidan toʻpni odatdagidek sheriklariga uzatgan boʻlardi, u esa toʻpni jonli devorni aylanib oʻtgan holda darvozabonning yaqin burchagiga yoʻllashga qaror qildi.

Biroq «Sanderlend» bu goʻzal zarbadan dovdirab qolmadi va tez orada Le Fenning Brobbiga markaziy himoyachilar orasidan bergan uzatmasi orqali hisobni tenglashtirdi. Boʻlim oʻrtalaridan keyin jamoalar yana bir martadan gol almashishdi. «Shaharliklar»ning raqib jarima maydoni atrofidagi kuchli pressingi Sherkining goli bilan yakunlandi, «qora mushuklar» esa bunga Mene hujumga qoʻshilib, Brobbini boʻsh darvoza qarshisiga chiqarishi bilan javob qaytardi.

Ammo birinchi boʻlim oxirida Enso Mareska shogirdlari baribir hisobda oldinga chiqib olishdi. Geyi toʻp uchun kurashda gʻolib chiqqach, Semenyo qulay vaziyatdan darvoza toʻrini ishgʻol qildi, biroz oʻtib Holand oʻyin taqdirini hal qilib qoʻyishi mumkin edi, ammo boʻsh darvozani topa olmadi.

Oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Donnarumma jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

Ikkinchi boʻlimda Semenyo dublni rasmiylashtirdi, ammo bu bilan bahs yakunlanmadi, mehmonlar hujumchisi Brobbi ham bu golga javob qaytardi. Niderlandiyalik futbolchi Anguloning uzatmasidan soʻng het-trikka erishdi. Mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun kuchli bosim uyushtirib, muntazam ravishda toʻpni raqib jarima maydoniga yetkazib turishdi. Shunday vaziyatlardan birida Donnarumma toʻpga chiqishda xatoga yoʻl qoʻydi va bu holat Ruben Diashning toʻpni darvoza chizigʻi ustidan olib chiqishi bilan yakunlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.