Sport

“Siti” ustozi Abduqodir Husanovning xavfli uzatmasi haqida: “Uning qarori eng to‘g‘ri yo‘l emasdi” (video)

“Siti” ustozi Abduqodir Husanovning xavfli uzatmasi haqida: “Uning qarori eng to‘g‘ri yo‘l emasdi” (video)

O‘yindan keyin “shaharliklar” bosh murabbiyi Enso Mareska o‘zbekistonlik himoyachining o‘sha epizoddagi harakatiga munosabat bildirdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Husanov o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni darvozabon Janluiji Donnarummaga uzatishga qaror qildi. Ammo italiyalik posbon to‘pni qabul qilishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va u uning oyog‘i ostidan sirg‘alib, darvoza tomon dumaladi. So‘nggi lahzalarda Donnarumma vaziyatni to‘g‘rilab, darvoza chizig‘ini kesib o‘tayotgan to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Aks holda, bu holat oxir-oqibat avtogol bilan yakunlanishi mumkin edi.

To‘pni to‘xtatishda Donnarumma xato qilgan bo‘lsa-da, jamoa bosh murabbiyi Enso Mareska bu borada aynan Husanovning qarori noto‘g‘ri bo‘lganini ta’kidladi:

“Bu axir Donnarumma! Uning qanchalik kuchli darvozabon ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo o‘ylashimcha, o‘sha holatda Abduqodirning to‘pni aynan darvozabonga uzatishi yaxshi qaror emas edi. Shunga qaramay, Janjuiji oxirgi soniyalarda to‘pni qaytarishni uddaladi. Biz yakuniy natijadan mamnunmiz”, dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” 9 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.