«Siti» ilk bor yutqazdi, «Arsenal» yetib oldi
Mavsum boşidan buyon ğalabali seriya qayd etib kelgan «şaharliklar» Abduqodir Husanov boşlanğiç tarkibga qaytgan öyinda yutqazib qöydi, «Arsenal» esa bundan foydalanib qoldi; «Çelsi» Koul Palmer qizil olgan derbi bahsida «Tottenhem»ga imkoniyatni boy berdi: «şporlar» uçun bu APL boşlanganidan buyon «Çelsi» maydonida qölga kiritilgan atigi ikkinçi ğalaba böldi.

«Siti» ilk bor mag‘lub bo‘ldi, «Arsenal» yetib oldi
«Aston Villa» – «Mançester Siti» 2:1
Gollar:
Jekson, 6 (1:0). Holand, 52 (1:1). Jekson, 60 (2:1)
«Aston Villa»: Sudzuki, Lindelyof, Pau Torres, Matsen, Keş, Kamara, Gomes (Goretska, 82), Makginn (Barkli, 66), Manzambi (Buendiya, 66), Alisson (Mbay, 59), Jekson (Madjo, 82)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Geyi (Lyuis, 46), Gvardiol, Husanov, Anderson, Fernandes, Şerki (Foden, 46), Doku, Ndiay (Makaydu, 69), Holand
Ogohlantirishlar: Manzambi, 54. Keş, 55. Madjo, 83. Buendiya, 90+5, 90 – Geyi, 32. Şerki, 38. Anderson, 74. Makaydu, 76
Unai Emeri boshqaruvidagi jamoa o‘tgan yili moliyaviy qiyinchiliklar sabab yozda transferlar qila olmagan va mavsumni juda yomon boshlagandi. Biroq yakunda Yevropa Ligasida g‘olib chiqib, YeChLga yo‘llanma qo‘lga kiritildi. Bu yozda tarkibni Uotkins, Rodjers, Tilemans, Martines, Konsa kabi yetakchi futbolchilar tark etishdi va birminghemliklarda yana yomon start qayd etildi — dastlabki to‘rt o‘yinda atigi bitta durang. Ammo tarkibini yangilagan «Aston Villa» asta-sekin o‘ziga keldi, jamoa o‘yinida yengillik paydo bo‘ldi, keyingi to‘rt o‘yinda uch g‘alaba va bir durangga erishildi.
Emeri qo‘l ostida superhujumchiga aylangan Nikolas Jekson shanba oqshomidagi o‘yinning asosiy qahramoniga aylandi. Avvaliga o‘yin startida Geyi o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinida to‘pni oldirdi va Makginnndan pas qabul qilib olgan hujumchi jarima maydoni ichida Andersonni bir fint bilan dog‘da qoldirib, to‘sin ostiga qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi.
Lekin tezkor gol «Mançester Siti»ga qarshi o‘yinda hech narsani kafolatlay olmasdi. Birinchi bo‘lim davomida Ndiaye mezbonlar mudofaasiga dahshat solib turdi, hatto shu kuni boshlang‘ich tarkibga qaytgan Abduqodir Husanov muntazam ravishda oldinga chiqib, hujumlarda faol ishtirok etdi, ammo Sudzuki va darvoza ustuni hisobdagi minimal ustunlikni saqlab qoldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa aynan Iliman qanotdan oshirgan to‘pni jarima maydoni markazida hammadan baland sakragan Holand darvoza to‘riga joylab, hisobni tenglashtirdi. Mehmonlar keyingi hujumda hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi, ammo Sudzuki Gvardiolga yaqin masofadan gol urishga imkon bermadi. Biroz o‘tib Doku ham o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi va shundan keyin tashabbus yana «Villa»ga qaytdi. 60-daqiqada Jekson to‘pni o‘ng qanotda oldinga yugurgan Mbayega yetkazdi va jarima maydoniga kirib borib, o‘ziga qaytgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Donnarumma o‘zi turgan joyga kelgan to‘pni o‘tkazib yubordi.

