Mahalliy

Sirdaryodagi yangi IESda avariyaviy o‘chish yuz berdi

Stansiyaning avariyaviy o‘chishi ortidan avariyaga qarshi avtomatika ishga tushib, respublika ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha

Sirdaryodagi yangi IESda avariyaviy o‘chish qayd etildi

Bugun soat 05:05 da Sirdaryo viloyatida joylashgan EDF kompaniyasiga tegishli yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy tarzda o‘chdi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, stansiyada ayni paytda sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Stansiyada yuz bergan avariyaviy o‘chishdan so‘ng avariyaga qarshi avtomatika ishga tushib, respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzildi. Asosan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suv nasoslari hamda aholi iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.

Hozirda elektr ta’minotidan uzilgan barcha iste’molchilar tarmoqqa qayta ulangan.

Elektr ta’minotini tiklash jarayonida energiya saqlash tizimlari va elektr stansiyalaridagi zaxira quvvatlar ishga tushirilib, iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa ulandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.