Simba, Skar, Mufasa: “Qirol sher” multfilmidagi ismlarning yashirin ma’nolari

Simba, Skar, Mufasa: “Qirol sher” multfilmidagi ismlarning yashirin ma’nolari
1994-yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan yaratilgan va Disney tomonidan chiqarilgan mashhur “Qirol sher” multfilmi hanuzgacha katta-yu kichik tomoshabinlarning eng sevimli animatsion filmlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Afrikaning keng savannalarida yashovchi yosh sher — Simba sarguzashtlari haqidagi bu hikoya dunyo bo‘ylab 968 million dollardan ortiq daromad keltirgan.
Asar oddiy sherlar haqidagi ertak emas, balki “Gamlet”ning afrikacha talqini bo‘lib, undagi har bir ism qahramonning taqdirini oldindan belgilab qo‘yadi. Shu sababli ham film hozirgacha o‘rganiladi va qayta-qayta muhokama qilinadi.
Bosh qahramon Simbaning ismi suahili tilida “sher” degan ma’noni bildiradi. Uning taqdiri ham oldindan belgilangan: Simba hayvonlar podshohiga aylanishi va barcha hayvonlarni boshqarishi kerak bo‘ladi. Otasi Mufasaning ismi esa “hukmdor” ma’nosini anglatib, qudrat va ulug‘vorlikni ifodalaydi.
Mufasaning ukasi Skar aslida Taka deb atalgan, bu esa “chiqindi” yoki “ifloslik” degan ma’noni beradi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu ism suahili tilidagi “kutaka” so‘zidan ham kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, u esa “orzu qilingan farzand” degani. Har ikkala talqin ham Skarning murakkab fe’l-atvorini tushuntirib beradi.
U eri Mufasa o‘lgach, go‘yoki ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, ammo oxir-oqibat qaytib kelib, sherlarning kuchi ham urg‘ochilar qo‘lida ekanini ko‘rsatadi. Nalaning onasi Sarafina esa “yulduz” degan ma’noni anglatadi. U asosiy syujetda katta rol o‘ynamasa-da, bu ism ramziy ma’noda yo‘l ko‘rsatuvchi nur sifatida ishlatiladi.
Simbaning umr yo‘ldoshi Nala esa “sovg‘a” yoki “sevikli” degan ma’noni bildiradi. Darhaqiqat, surgundan keyin u Simbaga eng katta ne’mat — suyanchiq va sodiq juft bo‘lib qaytadi.
Ikkinchi darajali qahramonlarning ismlari ham bejiz tanlanmagan. Masalan, donishmand Rafiki “do‘st” degan ma’noni anglatadi. U tiriklar bilan ruhlar dunyosi o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Zazu qushining ismi ivrit tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “harakat” degan ma’noni beradi. U doimo sergak va tinimsizligi bilan aynan shu nomga mos tushadi.
Simbaga ko‘makchi bo‘luvchi Timon va Pumba esa mutlaqo qarama-qarshi obrazlar. Timon ismi “hurmat qilmoq” ma’nosiga ega, Pumba esa suahili tilida “ahmoq” deganidir. Shunga qaramay, aynan ular Simbaga hayotiy donolikni va muammosiz yashashni o‘rgatadi. Ularning mashhur shiori “Hakuna Matata” aslida qo‘shiq emas, balki “Tashvishlarsiz yashash kerak” degan falsafani anglatadi.
Shoqollar ham o‘z nomi bilan xarakterini ochib beradi. Shenzi — “vahshiy”, Banzay — “yashirinuvchi” degan ma’noni bildiradi. Ular doimo birovning kuchi ortiga berkinib yuradi.
“Qirol sher”dagi ismlar qahramonlarning taqdirini oldindan belgilab qo‘ygani uchun ularni o‘zbek tiliga dublyajda tarjima qilib yuborish xato bo‘lar edi.

