Shveysariya Alp togʻlarida asriy muzliklar shitob bilan erimoqda
Soʻnggi besh yil ichida ular 20 foizga qisqargan.

Shveysariya Alp togʻlaridagi qadimiy muzliklar tezlik bilan erib bormoqda
Yevropa dunyodagi eng tez qiziyotgan qitʼaga aylanmoqda. Shveysariyalik olimlar tadqiqotlari natijalariga koʻra (), shu fonда Shveysariyaning Alp togʻlarida asrlar davomida mavjud boʻlib kelgan mashhur muzliklar juda tez surʼatlarda erimoqda. Olimlar aniqlashicha, 2026-yildagi issiq harorat sabab muzning 5,5 foizi yoʻqolgan, 2021-yildan beri besh yil ichida esa Shveysariyadagi jami muz hajmi qariyb 20 foizga kamaygan.
Alp togʻlaridagi muzliklar soʻnggi oʻn yilliklarda muntazam ravishda qisqarib kelgan, biroq hozirgidek tezlikda hech qachon erimagan. 2022-yildan 2026-yilgacha boʻlgan davrdagi erish surʼati kuzatuvlar tarixida boshqa istalgan besh yillik davrga qaraganda ikki baravar tezroq boʻlgan.
Buning asosiy sababi qishda qorning kam yogʻishi va yozda haroratning yuqori boʻlishidir. 2026-yil qishida qor juda kam yogʻgan, bu ayniqsa Alpning sharqiy va janubiy qismlarida yaqqol sezilgan.
Koʻplab muzliklar uchun yoʻqotishlar misli koʻrilmagan darajaga yetgan va kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli erish yili boʻlgan 2022-yildagi koʻrsatkichlardan ham oshib ketgan.
Ayrim muzliklarning oʻrtacha qalinligi 2026-yilda 2,5-4 metrga kamaygan.
Ayrim «muz tillari» — koʻllarga tushib keluvchi uzun va ingichka muz qatlamlari — 2026-yilda 10 metrga qisqargan.
Olimlar muzliklarning ichkaridan qulashini — iliq suv muz ostidagi boʻshliqlarni yuvib ketishi natijasida yuz berayotganini tobora koʻproq kuzatmoqda.
Bir necha kichik muzliklar butunlay yoʻqolib ketgan.

