Dunyo

Shvetsiya va Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Shvetsiya va Belgiyaning yangi elchilari Martin Rozen va Matias Kendedan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvlarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shvetsiya va Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shvetsiya va Belgiyaning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari 10-sentabr kuni o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga Martin Rozen tayinlandi.

Baxtiyor Saidovning aytishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston — Shvetsiya munosabatlari ancha faollashgan.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi.

“Elchi janoblariga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tilab, o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun birgalikda ishlashga tayyor ekanimizni bildirdik”, — dedi vazir.

Martin Rozen 2022−2026-yillarda Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lgan Tomas Danestad o‘rniga tayinlandi.

Belgiya elchisi Matias Kende.

Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Matias Kende ham ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

“Suhbat davomida Toshkentda Belgiya elchixonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani ikki davlat munosabatlaridagi muhim voqea ekani qayd etildi”, — deb yozdi Baxtiyor Saidov.

Uchrashuvda davlatlar o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston — Belgiya aloqalarini ikki tomonlama munosabatlar hamda Yevropa Ittifoqi doirasida yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

“Janob elchiga O‘zbekistondagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — dedi TIV rahbari.

Matias Kende avvalroq Belgiyaning Toshkentdagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Erik de Mayer o‘rniga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 8-aprelda, O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida esa 1992-yil 16-martda o‘rnatilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.