Sport

Shomurodov va Fayzullayevning “Amedspor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov va Fayzullayevning “Amedspor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

“Bashakshehir” safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasining navbatdagi turida “Amedspor”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi (0:5). Fayzullayev 64-daqiqada Ivan Brnichga almashtirildi, Shomurodov esa 83-daqiqada o‘rnini Berkay O‘zjanga berdi.

Sofascore portali Fayzullayevning o‘yinini 6,3 ball, Shomurodovning harakatlarini esa 6,1 ball bilan baholadi.

Shomurodov uchrashuv davomida 29 marta to‘pga tegdi. U amalga oshirgan 19 ta uzatmadan 11 tasi manziliga yetdi (58 foiz aniqlik). Hujumchi “Amedspor” darvozasi tomon bir marta zarba berdi (noaniq) va bitta yaqqol golli vaziyatdan foydalana olmadi. Uning kutilgan gollar ko‘rsatkichi (xG) 0,09 ni tashkil etdi.

Abbosbek Fayzullayev ham o‘yin davomida 29 marta to‘pga tegdi. U bergan 18 ta uzatmadan 11 tasi aniq chiqdi (61 foiz). Fayzullayev darvoza tomon 2 bor zarba yo‘lladi (biri aniq) va bir marta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirdi. Shuningdek, u yerdagi 7 ta kurashning 4 tasida g‘olib bo‘ldi.

Uchrashuvda het-trik qayd etgan “Amedspor” hujumchisi Gift Orban bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 9,4. Mezbonlarning yana bir vakili Ermal Krasniki esa 9,0 ball bilan ikkinchi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.