Shomurodov «Bashakshehir» uchun toʻrtinchi golini urdi
Eldor Shomurodov «Bashakshehir»ning «Galatasaroy»ga qarshi oʻyinida penaltidan gol urib, oʻz gollari sonini toʻrtta oʻyinda toʻrttaga yetkazdi.

Shomurodov «Bashakshehir» uchun toʻrtinchi golini urdi
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida Istanbulning «Bashakshehir» klubi safidagi toʻrtta oʻyinda oʻzining toʻrtinchi golini urdi. Toʻrtinchi tur oʻyinida uning jamoasi oʻz uyida «Galatasaroy»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen hisobni ochdi. Shomurodov 66-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Oradan besh daqiqa oʻtib, Lukas Torreyra yana «Galatasaroy»ni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada jamoa himoyachisi Devinson Sanches oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi va hisob yana tenglashdi.
Uchrashuv soʻngida hal qiluvchi golni Gabriel Sara kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev «Bashakshehir»ning boshlangʻich tarkibida maydonga tushdi va 74 daqiqa oʻynaganidan soʻng zaxiraga olindi.

