Shogirdlari Garvardda o‘qiydigan farg‘onalik talaba
Farg‘onadagi maktabdan xalqaro universitetgacha bo‘lgan yo‘l qanday kechgan? IELTS 8.0 va SAT 1500 natijalariga qanday

Shogirdlari Garvardda o‘qiydigan farg‘onalik talaba
Bugun yurtimizda o‘z bilimi, kasbiy salohiyati va tashabbuslari bilan Yangi O‘zbekistonning buguni hamda kelajagini shakllantirishga munosib hissa qo‘shayotgan yoshlar ko‘p.
Bugungi qahramonimiz ham ana shunday yoshlardan biri. Joriy yil boshida «Xalqaro yil talabasi» deb topilgan Asadbek Ismoilov hali talaba bo‘lishiga qaramay, bir necha yildan beri yoshlarni dunyoning yetakchi oliygohlariga tayyorlab kelmoqda.
Farg‘ona shahrida tug‘ilib o‘sgan Asadbek 9-sinfgacha 2-umumta’lim maktabida tahsil olgan. 2020-yilda Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga o‘qishga kirib, 2022-yilda O‘quvchilar ittifoqi prezidenti sifatida litseyni tamomlagan. Uning xalqaro ta’lim yo‘lidagi natijalari ham e’tiborga loyiq: IELTS — 8.0, SAT — 1500 ball.
2024-yilda Asadbek Gonkong fan va texnologiyalar universiteti — HKUSTga 100 foizlik grant asosida qabul qilingan. Biroq uning faoliyati faqat shaxsiy akademik yutuqlar bilan cheklanmaydi.
Asadbek bir necha yildan buyon "Ivybek Academy" o‘quv markazi asoschisi sifatida yoshlarni dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlab kelmoqda. Uning rahbarligida akademiya o‘quvchilari MIT, Harvard, Imperial College London, UCL, NUS, NTU, HKU, HKUST, NYUAD, CMUQ kabi dunyoning yetakchi oliygohlariga qabul qilingan.
Akademik faoliyat bilan birga, Asadbek sportda ham yuqori natijalarga erishgan. U regbi bo‘yicha 5 karra O‘zbekiston chempioni va «Sport ustasi» unvoni sohibi.
Xo‘sh, Farg‘onadagi maktabdan xalqaro universitetgacha bo‘lgan yo‘l qanday bosib o‘tilgan? IELTS 8.0 va SAT 1500 natijalariga qanday erishilgan? 100 foizlik grantni qo‘lga kiritish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Va hali talaba bo‘la turib, qanday qilib boshqa yoshlarni ham dunyoning eng nufuzli oliygohlariga tayyorlash mumkin?

