Dunyo

Shimoliy Koreya yangi qurolni sinovdan oʻtkazdi (foto)

Shimoliy Koreya yangi qurolni sinovdan oʻtkazdi (foto)

Shimoliy Koreya 20-sentyabr kuni yangi qurolni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi va uni “o‘ta zamonaviy mudofaa texnologiyasi” deb ta’rifladi.

Mamlakat raisi Kim Chen In hamda uning qizi Ju Ae qurol sinovini shaxsan kuzatib bordi. Kimning aytishicha, bu sinov mamlakat qurolli kuchlarining jangovar salohiyatini sezilarli darajada oshirgan.

Xabarda aynan qaysi qurol sinovdan o‘tkazilgani oshkor etilmagan. KCNA tarqatgan fotosuratlarda Kim o‘smir qizi bilan birga mamlakatning sharqiy qirg‘og‘i va uchish trayektoriyasi aks etgan ekranni ko‘zdan kechirayotgani ko‘rinadi. Ekrandagi Hwasongpho-11-ma-1 yozuvi Pxenyan modernizatsiya qilayotgan qisqa masofali ballistik raketalar turkumining bir qismiga ishora qilishi mumkin.

Bunday qurilma jangovar kallakka mudofaa tizimlaridan qochish uchun yo‘nalishini o‘zgartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bunday raketa qisman orbitaga chiqarilishi ham mumkin. Gipertovushli raketalar Kim Chen In mamlakatning yadroviy salohiyatini kuchaytirish uchun ishlab chiqishni buyurgan qurollar qatoriga kiradi.

Ma’lumot uchun, 12-sentyabr kuni Shimoliy Koreya Qurolli kuchlari artilleriya va uzoq masofaga uchuvchi raketalardan foydalangan holda o‘t ochish mashg‘ulotlarini o‘tkazgandi. Qurollar nishonlarga 100 foiz aniqlik bilan zarba bergan. Mashg‘ulotlar qaysi hududda o‘tkazilgani ochiqlanmagan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.