Siyosat

Sherzod Asadov “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi – Prezident matbuot kotibi Sherzod Ikromovich Asadov Mustaqillikning 35 yilligi arafasida “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Sherzod Asadov "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.

U 2021-yil mart oyidan beri prezidentning matbuot kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Oʻsha paytda davlat rahbari ushbu tayinlovni quyidagicha izohlagan edi:

"Koʻp oʻylab, shu qarorga keldim. Bugun Sherzod Asadovni prezidentning matbuot kotibi etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladim. Tilni biladi, dunyoni koʻrgan. U ham katta kurash maydoniga kiryapti. Shu fursatdan foydalanib aytmoqchimanki, Sherzod Asadov davlat siyosatining yoritilishiga masʼul boʻladi.

Unga juda masʼuliyatli vazifa topshirilyapti. Barcha idoralarning matbuot kotiblarini oʻqitish, malakasini oshirish kerak. Solishtirish, xolisona yondashuvni oʻrgatish kerak. Har bir vazirlik matbuot xizmatlari Asadovga boʻysunadi va hisobot beradi. U barcha idoralar, hokimliklar matbuot kotiblari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Avvalgi davr bilan solishtirish kerak, hozirgi adolatli siyosatni xalqqa yetkazish kerak. Dunyoda axborot olamida keskin kurashlar ketyapti. Buni toʻgʻri anglab yetish kerak."

Sherzod Asadov 2015-2017 yillarda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga yordamchi boʻlgan. 2017-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchixonasida ish boshlagan va 2018-2020 yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-yil martidan 2021-yil martigacha Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.