Sport

Shaxmat olimpiadasida qiziq holat: Marshall orollari vakili 4 yurishda mot bo‘ldi

Shaxmat olimpiadasida noodatiy holat yuz berdi: Marshall orollari vakili 4 yurishda mag‘lub bo‘ldi

Samarqandda davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasining 5-turida g‘ayrioddiy voqea qayd etildi. Marshall orollari terma jamoasi a’zosi Abon Arelong 3-taxtada oq donalarda o‘yinni boshlagan bo‘lsa-da, Markaziy Afrika Respublikasi shaxmatchisi Fransua Gamba bilan kechgan bahsda atigi 4 yurishdan keyin mot bo‘ldi.

Partiyada Gamba qora donalarda harakat qilib, to‘rtinchi yurishda farzin – f2 yurishini amalga oshirdi va uchrashuvni yakunladi. Shu tariqa Markaziy Afrika Respublikasi jamoasi mazkur bellashuvda 3,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Abon Arelong, shuningdek, Marshall orollari shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti ham hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Marshall orollari terma jamoasi shaxmat olimpiadasida ilk bor qatnashmoqda. Jamoa tarkibidagi barcha shaxmatchilar FIDE reytingi va xalqaro unvonga ega emas.

Yana bir ma’lumotga ko‘ra, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa ishtirok etmoqda: erkaklar guruhida 208 ta, ayollar o‘rtasida esa 192 ta jamoa. Musobaqa 28-sentyabrga qadar davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.